Toşkent şahar hokimligi köçalarda suv toşişi bilan boğliq voqealarga qarşi çoralar körişni boşladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

«Yoğingarçilik mavsumida Toşkent şahrining ayrim köçalarida suv toşişi bilan boğliq köngilsiz holatlarni bartaraf etiş maqsadida, irrigatsiya tarmoqlarini ta'mirlaş işlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan», - deyiladi hokimlik xabarida.

Şu munosabat bilan, 1-3 fevral kunlari Şayxontohur tumani «Qoratoş» va «Samarqand darvoza» köçalari kesişmasi yaqinida («Korzinka» supermarketi oldida) ta'mirlaş işlari amalga oşirilişi ma'lum qilindi.

Poytaxt ma'muriyati vaqtinçalik noqulaylik uçun uzr söragan.