Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
24 fevralda Moldovada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da respublika hududidagi barcha 2018 ta saylov uchastkasi o‘z ishini boshlagan.
Avval parlamentning 101 deputati partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylangan bo‘lsa, joriy saylovlar ilk bor aralash tizim bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Bunda 50 deputat avvalgi sxema bo‘yicha, qolgan 51 nafari bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadi. Saylovlar bilan birga deputatlar sonini 61 nafargacha qisqartirish masalasi bo‘yicha maslahat qilinadi, ikkinchi masala esa saylovchilar tomonidan deputatning vakolati qaytarib olinishi imkoniyatiga taalluqli bo‘ladi.
Markaziy saylov kmissiyasida ta'kidlanishicha, saylovlar davomida jamoat tartibini saqlash uchun 4 mingdan ko‘proq politsiyachi jalb qilingan. 3 mingdan ko‘proq kuzatuvchi saylovlar borishini kuzatadi. Ular orasida YeXHT, MDH va Yevropa Ittifoqi vakillari bor.
Ovoz berish 21:00da yakunlanadi. Bu saylovlar uchun ovoz beruvchilarning zaruriy qatnashish chegarasi bekor qilingan. Partiyalarga parlamentga o‘tish uchun 6 foizlik, saylov bloki uchun 8 foizlik chegaradan o‘tish lozim. Bir mandatli okruglarda eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi. Ilk bor saylovlarning dastlabki natijalari saylov uchastkalari yopilgandan bir soat o‘tib e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026