Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi
26 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vazirligi davlat kotibi Fernando Valensuela boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga kelmoqda.
Ispaniya delegatsiyasi shuningdek, Investitsiya va tashqi savdo, Transport vazirliklarida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida, Savdo-sanoat palatasida ham muzokaralar o‘tkazadi.
O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida turizm sohasida aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, 21 fevral kuni Ispaniya milliy gidlar uyushmasi va O‘zbekiston gidlar uyushmasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Buxoro shahri Kordoba shahri bilan birodar hisoblanadi. Shuningdek, Xiva shahri Ispaniyaning Avila shahri bilan birodarlashishi mumkin.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026