Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yana o‘sdi
Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
2019 yil 1 fevral holatiga ko‘ra yalpi oltin-valuta zaxiralari hajmi 27,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Xorijiy valutalari aktivlar 12,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, monetar oltin hajmi esa 14,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valuta zaxiralari
mln.AQSh dollarida
|
Ko‘rsatkichlar |
01.01.2018 |
01.01.2019 |
01.02.2019 |
|
I. Yalpi oltin-valuta zaxiralari |
28 076,9 |
27 081,4 |
27 221,8 |
|
1. Xorijiy valutadagi aktivlar |
14 042,8 |
12 440,7 |
12 643,9 |
|
2. Monetar oltin |
14 034,1 |
14 640,7 |
14 577,9 |
|
II. Sof oltin-valuta zaxiralari |
26 567,5 |
26 394,1 |
26 600,2 |
Markaziy bank izohida aytilishicha, 2019 yil yanvar oyida oltin-valuta zaxiralarining ko‘payishi qisman oltin narxining 1281,65 dan 1322,50 doll/tr.unsiyaga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valuta zaxiralarining ko‘payishiga ta'siri 466,6 mln dollar).
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 26,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgandi.
Mavzuga oid
07:27 / 25.12.2025
Oltin uchun "poyga": 2000 yildan beri zaxiralarini eng ko‘p oshirgan davlatlar
07:49 / 01.11.2025
Dunyoda oltin zaxiralari qisqaryaptimi? Infografika va prognoz
13:49 / 04.10.2025
O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi – Jahon oltin kengashi
11:12 / 22.09.2025