Jahon | 08:48 / 27.02.2019
7336
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp KXDRga iqtisodiy farovonlik va'da qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya Vetnam bilan bir xil iqtisodiy darajaga chiqa olishi mumkin.

«Vetnam bir necha mamlakat kabi tez sur'atlarda rivojlanmoqda. KXDR yadrosizlanishga rozilik bildirsa, yaqin orada xuddi shunday bo‘ladi», - deya yozgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya juda katta salohiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In joylashgan mehmonxonani bronetransportyorlar qo‘riqlayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid