Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In joylashgan mehmonxonani bronetransportyorlar qo‘riqlamoqda
KXDR yetakchisi Kim Chen In Vetnam poytaxti Xanoydagi «Melia» besh yulduzli mehmonxonasiga Long-Son provinsiyasidagi Dong-Dang stansiyasidan yetib keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Melia» mehmonxonasi bir nechta bronetransportyorlar (piyoda askarlarni olib yurish va razvedka uchun belgilangan zirhli avtomashina - tah.) yordamida qo‘riqlanmoqda.
Mehmonxonaning bir tomonida to‘rtta bronetransportyor joylashtirilgan. Zirhli texnikani vetnamlik harbiylar qo‘riqlamoqda, sayyohlar hamda mahalliy aholi vakillari esa ular bilan suratga tushishyapti.
KXDR yetakchisi Kim Chen In yaqinda yetib kelgan, Vetnam poytaxti Xanoy shahrida joylashgan «Melia» mehmonxonasi bir nechta bronetransportyor tomonidan qo‘riqlanmoqda, deb xabar bergan RIA Novosti muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR yetakchisi bo‘yicha bayonot bergani, Vetnamdan Kim Chen Inga o‘xshash shaxs chiqarib yuborilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026