Jahon | 14:57 / 01.03.2019
4760
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston havo sarhadi 4 martgacha yopiq bo‘ladi

Foto: Mukesh Gupta / REUTERS

Pokiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi mamlakat havo sarhadi 4 martgacha yopiq bo‘lishini tasdiqladi.

Mamlakat havo sarhadi Pokiston armiyasi Kashmir hududida Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida ma'lum qilganidan so‘ng yopilgandi.  

Boshqarmaning Twitter sahifasida ma'lum qilinishicha, mamlakat havo hududi 4 mart mahalliy vaqt bilan soat 8.00gacha yopiq bo‘ladi. 

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi vaziyat keskinlashishi qator aviakompaniyalarning reyslari bekor qilinishi va kechikishiga olib keldi. Jumladan, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 1 martdagi Lohur-Toshkent qatnovini bekor qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid