Afsonaviy bokschi saraton tufayli vafot etdi
Panamalik taniqli bokschi va sobiq jahon chempioni Yeusebio Pedrosa 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Sportchi Panamadagi o‘z uyida vafot etgan. Pedrosa hayotining qolgan qismi davomida oshqozonosti bezi saratoni bilan kurashdi. Sobiq jahon chempionining o‘limi munosabati bilan uning raqiblaridan biri - irlandiyalik sobiq bokschi Barri Makgigan ta'ziya bildirdi. Tvitterdagi o‘z sahifasida u shunday deb yozdi: «Men u bilan bir ringni bo‘lishganimdan faxrlanaman».
1999 yilda Pedrosa Xalqaro boks shon-shuhrati zaliga kiritildi. U 1978 yildan 1985 yilgacha Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) talqini bo‘yicha yarim yengil vazn toifasida jahon chempioni kamariga egalik qilib, uni 19 marta himoya qildi.
Umuman olganda, Pedrosa faoliyati davomida 48 ta jang o‘tkazgan hamda 41 g‘alabani qo‘lga kiritgan - ulardan 25 tasi nokaut bilan yakun topgan. Shuningdek, panamalik bokschi olti mag‘lubiyatga uchragan va bir durangga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng boy odamlardan biri saratonga chalingandi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024