Panamalik taniqli boksçi va sobiq jahon çempioni Yeusebio Pedrosa 62 yoşida vafot etdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Sportçi Panamadagi öz uyida vafot etgan. Pedrosa hayotining qolgan qismi davomida oşqozonosti bezi saratoni bilan kuraşdi. Sobiq jahon çempionining ölimi munosabati bilan uning raqiblaridan biri - irlandiyalik sobiq boksçi Barri Makgigan ta'ziya bildirdi. Tvitterdagi öz sahifasida u şunday deb yozdi: «Men u bilan bir ringni bölişganimdan faxrlanaman».

Barri Makgigan va Yeusebio Pedrosa
Foto: Getty Images

1999 yilda Pedrosa Xalqaro boks şon-şuhrati zaliga kiritildi. U 1978 yildan 1985 yilgaça Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) talqini böyiça yarim yengil vazn toifasida jahon çempioni kamariga egalik qilib, uni 19 marta himoya qildi.

Umuman olganda, Pedrosa faoliyati davomida 48 ta jang ötkazgan hamda 41 ğalabani qölga kiritgan - ulardan 25 tasi nokaut bilan yakun topgan. Şuningdek, panamalik boksçi olti mağlubiyatga uçragan va bir durangga erişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq dunyodagi eng boy odamlardan biri saratonga çalingandi.