Las Vegas Sands Corp boş ijroçi direktori va dunyodagi eng boy odamlardan biri, 85 yoşli Şeldon Adelson saraton kasalligiga çalingan. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, u allaqaçon tegişli davolaniş jarayonini boşlab yuborgan.
Agentlikdan aniqlik kiritilişiça, tahlilçilar va investorlar bilan telefon orqali konferensiyani ötkazib yuborganidan söng, kompaniyada Adelsonning salomatligi bilan boğliq muammolar borligini payqaşgan.
«Bu dori vositalari qabul qilinişi tufayli yuzaga kelgan salbiy asoratlar bölib, ular uning safar qiliş va muntazam tarzda işlaş imkoniyatlarini çeklaydi», - deya ta'kidlab ötdi kompaniya vakili.
Qayd etilişiça, milliarder Respublikaçilar partiyasining homiylaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumot uçun: Şeldon Adelson 1933 yil 6 avgustda tuğilgan, asli kelib çiqişi yahudiy bölgan amerikalik tadbirkor. 2014 yil ma'lumotlariga köra, uning boyligi 38 milliard dollarga baholanadi.

















