Jahon | 21:46 / 02.03.2019
8055
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning birinchi qiruvchi samolyoti 2023 yilda taqdim qilinadi

Foto: wikipedia

Turkiya o‘zi ishlab chiqaradigan birinchi qiruvchi samolyotni 2023 yilda taqdim qilishni, 2026 yilda esa uning ilk sinovini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktay aytib o‘tdi.

“Birinchi qiruvchi samolyotning taqdimoti 2023 yilda o‘tadi. Uni 2026 yilda osmonda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 2031 yilda esa Turkiya qurolli kuchlariga beriladi”, deb aytgan O‘ktay.      

Uning ta'kidlashicha, Turkiya mudofaa texnologiyalari sohasida 600 dan ko‘proq loyihani amalga oshiradi.

Samolyotning yaratilishi haqida birinchi bor 2017 yil noyabrda Turkiyaning sobiq mudofaa vaziri Nurettin Janikli ma'lum qilgan. O‘shanda u loyihaning amalga oshirilishida ko‘plab davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya ishtirok etayotganini, biroq Turkiya oxir natijada birorta davlat yoki kompaniyadan tobe bo‘lmaslik yo‘lidan ketayotganini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid