Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda "Tolibon" jangarilari bozorga hujum qilishdi
"Tolibon" harakati a'zolarining Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Tohar viloyati Yangi-qal'a tumanidagi bozorga hujum qilishlari oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar ertalab tuman markazidagi bozorga hujum qilishgan. Hujum xavfsizlik kuchlari tomonidan qaytarilgan.
Xabar berilishicha, yetti kishi jarohatlangan.
1 mart kuni Afg‘oniston janubidagi Gilmand viloyatida joylashgan harbiy bazaga jangarilar hujumi oqibatida xavfsizlik kuchlarining kamida 40 xodimi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:29 / 21.05.2026