Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timoshenko Ukrainadagi prezident reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
"Batkivshchina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko prezident reytingida Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni 2,5%ga ortda qoldirdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Tahlil va prognozlash instituti o‘tkazgan tadqiqotlarda ma'lum bo‘ldi.
Reytingning birinchi pog‘onasida mamlakatning 25%dan ortiq aholisi qo‘llab-quvvatlayotgan shoumen Vladimir Zelenskiy bormoqda.
"Agarda yaqin hafta ichida prezident saylovi o‘tkazilganida Vladimir Zelenskiy - 25,2%, Yuliya Timoshenko -17,9%, Pyotr Poroshenko -15,4% ovoz olgan bo‘lardi", - deyiladi Tahlil va prognozlash instituti sayti xabarida.
Ukrainada navbatdagi prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarligi lavozimiga 40 nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Avvalroq "Reyting" sotsiologik guruhi o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashganlarning 25,1%i Zelenskiyni, 16,6%i Poroshenkoni va 16,2%i Timoshenkoni qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026