Jahon | 16:07 / 08.03.2019
6304
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va Rossiya Idlibda qo‘riqlash faoliyatini hamkorlikda olib boradi

Foto: Ugur Can/DHA via AP

Turkiya va Rossiya qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Idlib viloyatida hamkorlikda qo‘riqlash ishlarini boshlaydi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar Anadolu muharrirlari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

"Bugundan Idlibda qo‘riqlash ishlari boshlanadi. Rossiya Idlib chegaralari bo‘ylab, Turkiya esa terrorchilardan qurollar tortib olingan hududlara qo‘riqlash ishlarini olib boradi", - dedi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, "Moskva va Anqaraning hamkorlikdagi faoliyati Suriya shimoli-g‘arbida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini salab turish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi".

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya, Turkiya va Eron Suriyaning Idlib viloyatida radikal guruhlarga qarshi qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid