Sport | 16:00 / 08.03.2019
23161
1 daqiqa o‘qiladi

Uayt: Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi 

Foto: AFP 2019 / Harry How / GETTY IMAGES NORTH AMERICA / AFP

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt nima sababdan aralash yo‘nalish (MMA) jangchilari Konor Makgregor va Donald Serronening bahsi o‘tkazilmasligi haqida aytib o‘tdi.

Tashkilot rahbari bildirishicha, irlandiyalik UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan revanshga umid qilayotgani tufayli amerikalikka qarshi jang o‘tkazilmaydi.

«Aslida, Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi. Unga keyingi raqibni tanlash imkonini bering. Serrone kecha mening ofisimga keldi va u ham jang qilishni xohlayapti», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMA Junkie.

2018 yilning oktyabrida Nurmagomedov Makgregorni bo‘g‘ish usulida mag‘lubiyatga uchratdi. Hozirgi vaqtda har ikki jangchi bahsdan keyingi mushtlashuv uchun diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 yildan beri mag‘lubiyatga uchramagan jangchi Nurmagomedovga javob qaytargandi.

Mavzuga oid