Jahon | 16:53 / 10.03.2019
6177
1 daqiqa o‘qiladi

Fransuz oftalmologlari Makrondan rezina o‘qlarni taqiqlashni so‘rashmoqda

Foto: EPA

Fransiyadagi qator oftalmologlar mamlakat prezidenti Emmanuel Makronni politsiya maxsus vositalaridan rezina o‘qlarni chiqarib tashlashni so‘rashdi. Petitsiyani “ko‘z jarohat epidemiyasi”dan tashvishlangan 35 nafar vrach imzoladi.

Oftalmologlarning fikricha, norozilik namoyishlari vaqtida bunday o‘qlardan foydalanishga nisbatan moratoriy joriy etish zarur.

"Bizning chaqirig‘imiz shifokorlarga xos, insoniy chaqiriq, yagona maqsadimiz nogironliklarning oldini olish", — deyiladi ularning murojaatida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada bo‘lib o‘tgan “sariq nimchalilar” namoyishlarida 2,2 mingdan ortiq kishi rezina o‘qlardan jarohatlangan. Politsiyachilar 13 ming martadan ortiq o‘q uzishgan.

Mavzuga oid