Jahon | 16:16 / 10.03.2019
32817
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Efiopiyadagi aviahalokatda hech kim omon qolmagan 

Foto: Ethiopian Airlines

Efiopiyada Ethiopian Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan sodir bo‘lgan aviahalokatda hech kim omon qolmagan. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Avvalroq Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali halokatga uchragan Boeing 737 bortida 149 nafar yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi, jami 157 kishi bo‘lganligi haqida ma'lum qilgandi.

REUTERS/Tiksa Negeri

Ma'lumot berilishicha, samolyot Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga yo‘l olgandi.

Hukumat fojia oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, samolyot bortida 3 nafar rossiyalik, 9 nafar amerikalik, 7 nafardan britan va fransuz ham bo‘lgan.

REUTERS/Tiksa Negeri
Baz Ratner/REUTERS
Mulugeta Ayene/AP
Elias Masseret/AP
Mulugeta Ayene/AP
Khalil Senosi/AP

Bu yangi avloddagi Boeing 737 samolyoti bilan bog‘liq ikkinchi halokatdir. 2018 yilning oktyabrida shunday rusumdagi layner Indoneziyada qulab tushgan, o‘shanda 189 kishi halok bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid