Iqtisodiyot | 16:08 / 10.03.2019
3732
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Gollandiya savdo missiyasi keladi

11-15 mart kunlari Niderlandiya biznes doiralari vakillari O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, ular Agro World-2019 14-ko‘rgazmasida ishtirok etishadi hamda Toshkent va Namangan shaharlarida «O‘zbekiston-Niderlandiya» agrobiznes-forumini o‘tkazishadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan missiya tarkibidagi aksariyat kompaniyalar o‘simlik yetishtirish, jumladan issiqxona va kartoshkachilik sohasida faoliyat yuritadi. Yana bir qism kompaniyalar esa chorvachilik, xususan parrandachilik va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

«O‘zbekiston-Niderlandiya» agrobiznes-forumi 12 mart kuni Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida va 14 mart kuni Namangan shahridagi Yoshlar markazida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, Niderlandiya agrobiznesi vakillari o‘zbekistonlik hamkorlari bilan o‘z bilim va tajribalarini almashishga hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid