Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes eng ko‘p milliarderlar yashovchi 10ta shaharni ma'lum qildi
Nyu-York/Foto: Craig Warga/Bloomberg
Forbes talqiniga ko‘ra 2019 yilda dunyodagi eng boy odamlar reytingiga 2153 kishi kiritildi. Shu bilan birga, ularning 551 nafari dunyodagi 1860ta shahardan faqatgina o‘ntasida istiqomat qiladi, deb yozmoqda Forbes.
Ushbu nisbatan kichik ro‘yxatdan joy olgan shaharlarda yashaydigan milliarderlarning umumiy boyligi 2,3 trillion dollarga teng. Dunyoda faqat yetti mamlakat ushbu miqdordan ortiq bo‘lgan YaIM bilan maqtana oladi.
Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Nyu-York egalladi. AQShning eng yirik shahrida 84 milliarder istiqomat qiladi, ularning umumiy boyligi 469,7 milliard dollar bo‘lib, bu Avstriya YaIMdan ko‘pdir.
So‘nggi besh yil davomida dunyodagi eng yirik ikkita birja joylashgan shahar, 2015 yilda Moskvani istiqomat qiluvchi milliarderlar soni bo‘yicha ortda qoldirgach, reytingni boshqarib kelmoqda. 2016 yildan buyon Moskva 71 milliarder bilan reytingning uchinchi o‘rnidan joy olib kelyapti, ikkinchi - Gonkong (79 milliarder).
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Umuman olganda, top-10 quyidagicha ko‘rinishga ega:
|
Shahar |
Milliarderlar soni |
Umumiy boylik |
Shahardagi eng boy odam |
|
Nyu-York, AQSh |
84 |
$469,7 mlrd |
Mayk Blumberg, Bloomberg LP |
|
Gonkong, Xitoy |
79 |
$355,5 mlrd |
Li Kashin, Cheung Kong Group |
|
Moskva, Rossiya |
71 |
$336,5 mlrd |
Leonid Mixelson, «Novatek» |
|
Pekin, Xitoy |
61 |
$193,3 mlrd |
Van Tszyanlin, Dalian Wanda Group |
|
London, Buyuk Britaniya |
55 |
$226 mlrd |
Mixail Fridman, «Alfa-Grupp» |
|
Shanxay, Xitoy |
45 |
$110,7 mlrd |
Kolin Xuan, Pinduoduo |
|
San-Fransisko, AQSh |
42 |
$109,2 mlrd |
Dastin Moskovits, Facebook |
|
Shenchjen, Xitoy |
39 |
$190,5 mlrd |
Ma Xuaten, Tencent |
|
Seul, Janubiy Koreya |
38 |
$99,9 mlrd |
Li Kun-Xi, Samsung |
|
Bombey, Hindiston |
37 |
$184,4 mlrd |
Mukesh Ambani, Reliance Industries |
Bundan oldin, Vladimir Kim Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylangandi.
Mavzuga oid
22:52 / 30.12.2025
Bir yil ichida dollarda milliarderga aylanganlar soni qariyb 300 kishiga oshdi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025
Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 600 mlrd dollarlik boylikka erishdi
18:54 / 23.11.2025