Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasida yana bir hududiy boshqarma boshlig‘i almashtirildi
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Ravshanjon Azimovich Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Ravshanjon Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi.
U bu lavozimda Qudratali Yigitaliyevich Mamatisayev o‘rnida ish boshlaydi.
Bundan avvalroq, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmalarida rahbarlar o‘zgargandi. Toshkent viloyati DSBga Qahramon Xo‘jayev o‘rniga Abdujalil Kurbanov yangi boshliq etib tayinlangan, Surxondaryo viloyati DSBga esa Shavkat Jumaqulovich Rahimov o‘rniga Qashqadaryo DSB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Srojiddin Tog‘aymurodovich Eshmatov tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:44 / 28.02.2026
1200 dollarga "prava" olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:03 / 27.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:35 / 07.01.2026