Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq qo‘mitasida yana bir hududiy boshqarma boshlig‘i o‘zgardi
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Eshmatov Srojiddin Tog‘aymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

U bu lavozimda Shavkat Jumaqulovich Rahimov o‘rnida ish boshlaydi.
Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik lavozimidan boshlab, 27 yillik faoliyati davomida viloyat davlat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan avvalroq, Toshkent viloyati soliq boshqarmasida rahbar o‘zgargani, Kahramon Xo‘jayev o‘rniga Abdujalil Kurbanov yangi boshliq etib tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
08:22 / 13.03.2026