Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jarimalar to‘lashning «chegirmali» tartibi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda sud tomonidan ma'muriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma'muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Bunda quyidagi holatlarda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmasligi nazarda tutiladi:
ma'muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga yangi kodeksni ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026