Boş prokuratura uç oy muddatda Özbekiston Respublikasining Ijro işini yuritiş töğrisidagi kodeksi loyihasini işlab çiqadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida aytilgan.
Qayd etilişiça, kodeks sud hujjatlari va boşqa organlarning hujjatlarini ijro etiş sohasidagi, şuningdek, ularning töğridan-töğri amal qilişini ta'minlaş borasidagi protsessual normalarni tizimlaştirişni nazarda tutadi.
Şuningdek, uç oy muddatda:
Majburiy ijro byurosiga jismoniy va yuridik şaxslardan “işonç telefoni” orqali, şuningdek, elektron tarzda kelib tuşadigan murojaatlar öz vaqtida va sifatli körib çiqilişi ustidan tizimli nazorat olib borişga qaratilgan dasturiy ta'minotni;
davlat ijroçilarining sud hujjatlari va boşqa organlarning hujjatlarini majburiy ijro etişni ta'minlaş böyiça samaradorlik va natijadorlikning asosiy körsatkiçlarini (KPI), şuningdek, ular faoliyatini baholaş, xizmat böyiça kötariş, rağbatlantiriş va intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaşda uşbu körsatkiçlarni qöllaş tartibini;
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi akademiyasida tizimli ravişda davlat ijroçilarining malakasini oşiriş dasturlari işlab çiqiladi va joriy etiladi.
Boş prokuratura manfaatdor idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda sud tomonidan ma'muriy jarimaga tortiş holatlaridan taşqari, jarimaga tortiş töğrisidagi qaror topşirilgan sanadan boşlab ön beş kun içida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravişda tölangan taqdirda u qolgan summani tölaşdan ozod etilişini nazarda tutuvçi ma'muriy jarimaga tortiş töğrisidagi qarorlarni ijro etişning soddalaştirilgan tartibini joriy etiş haqidagi takliflarni Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Bunda quyidagi holatlarda jarimaga tortiş töğrisidagi qarorlarni ijro etişning soddalaştirilgan tartibi qöllanilmasligi nazarda tutiladi:
ma'muriy jarimaga tortiş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda;
ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi şunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida.
Bundan oldin, majburiy ijro etiş jarayoniga mediatsiya instituti joriy etilişi xabar qilingandi.












