Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi fojia: masjidlarga hujum tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern milliy televideniye orqali chiqish qilib, Kraystcherch shahridagi ikki masjidga qilingan hujum «ko‘plab qurbonlarga» olib kelganini tasdiqladi. Bu haqda Stuff portali xabar bermoqda.
Bosh vazir necha nafar kishi halok bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Ardernning qayd etishicha, masjidlarga qilingan hujum mamlakat tarixidagi eng «qorong‘u» kunlardan biriga aylanadi. Shuningdek, u hujumni «shafqatsizlikning o‘ta dahshatli misoli», deb atagan.
New Zealand Herald xabariga ko‘ra, Kraystcherch shahridagi masjidlarga hujum qilganlardan biri avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrantdir. Bildirilishicha, u ultra o‘ng qarashlarga ega.
Ta'kidlanishicha, Tarrant an-Nur masjidiga hujumni ijtimoiy tarmoqlarda jonli translatsiya qilgan, u 17 daqiqa davom etgan. Shuningdek, xabar qilinishicha, u o‘zining fikrlarini bayon etgan manifest yozgan.
Nashrdan qo‘shimcha qilinishicha, hujumdan biroz oldin Tarrant ijtimoiy tarmoqlarda Germaniya kansleri Angela Merkel va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni o‘ldirishga chaqirgan.
Avvalroq, OAV manbalarga tayangan holda hujum oqibatida 27 kishi qurbon bo‘lganini xabar berdi. Keyinchalik, jinoyatchilardan biri An-Nur masjidiga hujumni onlayn translatsiya qilgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026