Dastlab otishma bir masjidda sodir etilgani va 6 kishi yaralangani ma'lum qilingan

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurollangan kishilar mahalliy vaqt bilan soat 13:45 da yonma-yon joylashgan An-Nur va Linvud masjidiga bostirib kirib, chiqish eshiklarini yopib, namozxonlarni o‘qqa tuta boshlagan. Otishma sodir bo‘lgan vaqtda masjidda mos ravishda 200 va 300 ga yaqin kishi bo‘lgan. 

Foto: AP​​​​​​

Mahalliy politsiya bosqinchilardan biri ushlanganini ma'lum qilgan. Politsiya komissari Mayk Bushning ta'kidlashicha, shaharda boshqa bosqinchilar bo‘lishi mumkin. Kraystcherch aholisiga uylarini tark etmaslik tavsiya qilingan, maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilingan.

The New Zealand Herald nashrining ma'lum qilishicha, bosqinchilardan biri hujum oldidan internetda 37 sahifalik manifest e'lon qilib, unda o‘z rejalari haqida ma'lum qilgan.  

Foto: Tessa Burrows/AFP/Getty Images

Shuningdek, boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, shaharda avtomobil portlagan.