Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serb namoyishchilari prezident qarorgohini qamal qildi
Foto: Marko Djurica / Reuters
Belgrad shahridagi namoyishchilar Prezident qarorgohini jonli devor bilan o‘rab olishdi. «Andrichev venats» qarorgohi atrofiga to‘plangan omma prezidentning xalq bilan jonli muloqot qilishini talab qilyapti, deb xabar beradi Reuters.
Shunga qaramay namoyishchilar uyushgan tarzda aniq maqsadni ko‘zlamayotir: ularning shiori tez o‘zgarmoqda, goh prezident iste'fosi talab qilinsa, goh matbuot erkinligi va halol saylovlar, islohotlar so‘raladi. Dekabrda boshlangan namoyish aksiyalari 16 mart kuni jiddiy tus oldi.
Avval xabar berilganidek, namoyishchilar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich olib borayotgan ichki siyosatdan norozi bo‘lib, Serbiya Radio va televideniye binosini egallab olgandi. Mahalliy politsiya binoni ozod etishga muvaffaq bo‘lgan, ammo namoyishchilar endi prezident qarorgohini qamal qilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 29.12.2025
Vuchich Serbiyada 2026 yilda muddatidan oldin saylov o‘tkazishga va’da berdi
14:09 / 26.12.2025
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
21:07 / 20.12.2025
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi
12:53 / 17.12.2025