Belgrad politsiyasi muxolifat va namoyişçilar tomonidan egallab olingan Serbiya Radio va televideniye binosini ozod etdi. Namoyişçilar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiç olib borayotgan içki siyosatdan norozi bölib, öz mulohazasini bildiriş uçun efirda çiqişni talab qilgandi.
Serbiya Boş vaziri Ana Brnabiç binoning egallab olinganiga munosabat bildirib, «davlat zörlik işlatilişiga qarab turmasligi»ni aytgan.
Davlat rahbari esa sönggi kunlarda yuz berayotgan hodisalar yuzasidan bayonot berib, 17 mart kuni xalqqa murojaat etişi kutilmoqda.
Ma'lumot uçun, 16 mart kuni Belgard şahrida jiddiy tus olgan namoyişlar Radio va televideniye binosining qamal qilinişi bilan töxtalgandi. «Eşiklar» muxolifat guruhi yetakçisi Boşko Obradoviç boşçiligidagi namoyişçilar bino içiga kirib, efir vaqti berilişini talab qilgan.
Obradoviçga Belgrad sobiq meri Dragan Jilas ham qöşilgan. Ularning talabi qondirilmadi. Bir oz fursatdan söng, voqea joyiga mahalliy politsiya kuçlari yetib kelib, binoni ozod etgan. Mamlakat Içki işlar vaziri Neboyşa Stefanoviç namoyişçilardan biri politsiyaçiga qöl kötargani uçun hibsga olinganini tasdiqlagan.

















