Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyadagi aviabazada "yer-havo" toifasidagi raketa portlab ketdi
Janubiy Koreyadagi aviabazada "yer-havo" toifasidagi raketa tasodifan parvoz qilish oqibatida portlab ketdi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.
Hodisa Kanvondo provinsiyasidagi Chxunchxon aviabazasida yuz bergan. "Chxongun" raketasi rejali texnik tekshiruv vaqtida kutilmaganda havoga ko‘tarilgan. Xabarda aytilishicha, raketa nazorat tizimida nosozlik yuz bergan hollarda o‘z-o‘zini yo‘q qilishga dasturlangan.
"Qurbonlar yoki yetkazilgan zarar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q. Biz hodisa sababini aniqlash uchun tezkor guruh tuzdik", - dedi Janubiy Koreya HHK vakili.
Ochiq manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, "Chxongun" raketasi 40 kilometrgacha masofaga parvoz qiladi va 15-20 kilometr balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026