Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi
Foto: Calle Montes / Photononstop / AFP / East News
Iqtisodiy prognozlashga ixtisoslashgan The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini aniqladi. Tadqiqot 30 yildan beri har yili olib boriladi, deb yozmoqda Spot.
Tahlilchilar dunyodagi 133ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.
Dastlabki uchta o‘rinni bir vaqtning o‘zida uchta shahar egalladi - Parij, Hongkong va Singapur. Umuman olganda, dunyodagi eng qimmat shaharlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
• 1. Singapur (Singapur)
• 1. Parij (Fransiya)
• 1. Hongkong (Xitoy)
• 4. Tsyurix (Shveytsariya)
• 5. Jyeneva (Shveytsariya)
• 5. Osaka (Yaponiya)
• 7. Seul (Janubiy Koreya)
• 7. Kopengagen (Daniya)
• 7. Nyu-York (AQSh)
• 10. Tel-Aviv (Isroil)
• 10. Los-Anjyeles (AQSh)
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, hayot, odatda, eng qulay va xavfsiz bo‘lgan shaharlarda qimmatdir. Bu ro‘yxatdagi deyarli barcha shahar dunyoda yashash uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritilgan.
Aksincha, imkoniyatlar kam, siyosat yoki iqtisodiyot bilan muammolar kuzatiluvchi joylarda istiqomat qilish nisbatan arzon. Xususan, Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlarga aylandi.
Umuman olganda, dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega:
• 1. Karakas (Venesuela)
• 2. Damashq (Suriya)
• 3. Toshkent (O‘zbekiston)
• 4. Olmaota (Qozog‘iston)
• 5. Bangalor (Hindiston)
• 6. Karachi (Pokiston)
• 6. Lagos (Nigeriya)
• 7. Buenos-Ayres (Argentina)
• 7. Chennay (Hindiston)
• 8. Nyu-Dehli (Hindiston)
Mavzuga oid
19:57 / 22.02.2026
Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
07:41 / 22.02.2026
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
16:04 / 21.02.2026