Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya bilan koreyalararo aloqa ofisidan chiqib ketdi
Foto: REUTERS
Koreya Respublikasining Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi xabariga ko‘ra, KXDR koreyalararo aloqa ofisidan chiqib ketdi. Bu haqda Reuters ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, bu Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatga yakun yasash bo‘yicha omadsiz urinishi, shuningdek, AQSh va KXDR yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen Inning muvaffaqiyatsiz sammiti fonida yuz berdi.
Janubiy Koreya vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ushbu qaror haqida 22 mart, juma kuni ertalab janubiy qo‘shnilar bilan uchrashuv paytida e'lon qilgan. KXDR vakillari bu qadamga «yuqoridan ko‘rsatma», deya izoh berishgan.
Koreyalararo aloqa ofisi 2018 yil 14 sentyabrda ochilgan. Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud bo‘lmaganda, u elchixona funksiyalarini bajargan.
Bundan oldin, sobiq razvedkachi KXDR yetakchisining rejalari haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarilishi mumkin
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025