Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz uçraşuvdan söng Rossiyaga kelişni xohlamoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning Donga Ilbo gazetasi MRBning Koreya dasturlari markazi sobiq rahbari Endryu Kimga tayangan holda yozyapti.
Sobiq razvedkaçining ma'lum qilişiça, Kim Çen In Rossiyaga taşrif buyurişni istamoqda. Biroq, u öz ma'lumoti manbalarini oşkor qilişdan boş tortdi. Kimning qöşimça qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Xitoyga ham safar uyuştirişni rejalaştirmoqda.
Şu bilan birga, sobiq razvedkaçining ta'kidlaşiça, KXDR yetakçisi hali ham Qöşma Ştatlar bilan muloqot qiliş niyatida.
Bundan oldin, Şimoliy Koreyada maxfiy inqilobiy taşkilot borligi aniqlangandi.
Washington Post’ning öz manbalariga tayangan holda xabar qilişiça, Şimoliy Koreyada Cheollima Civil Defense maxfiy taşkiloti bor, u Free Joseon deb ham ataladi va amaldagi hukumatga qarşi kuraşadi.

















