Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati davlat soliq idoralarida rahbarlar o‘zgardi
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Jomboy, Payariq va Narpay tumanlari davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Shu paytgacha Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Asatulla Ahmedov Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan G‘olibjon Hamroyev shu tuman davlat soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi.
Oqdaryo tumani soliq inspeksiyasi sobiq boshlig‘i G‘ayrat Burhonov esa Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasiga boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasiga shu paytgacha mazkur tumanda inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Sherzod Turopov boshliq bo‘ldi.
Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasida faoliyat olib borgan Muhiddin Nazarov Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasiga boshliq etib tayinlandi.
Bundan oldinroq Farg‘ona viloyati soliq idoralarida katta o‘zgarishlar yuz bergandi: Shukrulloxon Nisbatxonov viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi, Bahodir Xoliqov — Farg‘ona shahriga, Nazarjon Polvonov — Quvasoy shahriga, Qobuljon Abdullayev — Furqat tumaniga, Avazbek Oxunov — Yozyovon tumaniga bosh soliqchi bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, shu oy boshidan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent viloyatida, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida davlat soliq boshqarmasi boshliqlari o‘zgargandi.
Mavzuga oid
19:42 / 19.02.2026
Samarqand aeroporti Yevropa va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan deb topildi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026