Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumamuratovich Babajanov ishdan olindi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Davronbek Babajanov ishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab 5 mart kuni lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimida ishlagan Kallibek Joldasbayevich Xalmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.