Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘zaro janjal qotillik bilan yakun topdi
2019 yil 20 mart kuni Andijon shahar O‘zbegim mahallasida joylashgan binoda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan, Toshkent ko‘chasida yashovchi B.Z. Andijon tumani Ogullik mahallasida yashagan D.E. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli B.Z.,ulfati D.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Z. qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
16:53 / 04.06.2026