Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik kibermutaxassislar Venesuelaga yuborilgani ma'lum bo‘ldi
24 mart kuni Venesuelaga yetib kelgan rossiyalik harbiylar orasida kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar bo‘lgan. Bu haqda Reuters AQSh hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Vashingtondan taxmin qilishlaricha, ularning vazifalari orasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tarafdorlariga mamlakat hukumati kiberinfratuzilmasini kuzatish va himoya qilishda yordam berish ham bor bo‘lishi mumkin. Bu, agentlik suhbatdoshlarining fikricha, Maduroni mamlakatda rejim o‘zgarishidan himoya qilish va Rossiyaning Lotin Amerikasidagi pozitsiyasini mustahkamlashi kerak.
Bundan oldin, Venesuelaga Rossiyadan bortida yuzga yaqin harbiy bo‘lgan ikki samolyot kelib qo‘ngani haqida xabarlar tarqalgandi.
El Comercio nashri xabariga ko‘ra, 23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk bo‘lgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan.
Nashrning ta'kidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda.
Keyinchalik, Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi (PSUV) vitse-prezidenti Diosdado Kabelo Karakasga ichida harbiylar bo‘lgan Rossiya samolyotlari haqiqatdan ham kelib qo‘nganini tasdiqladi.
Kabeloning bildirishicha, rossiyalik harbiylar bo‘yicha tashabbus Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan. U harbiylarning tashrifidan ko‘zlangan maqsadga aniqlik kiritmadi.
Mavzuga oid
08:55
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:37 / 29.06.2026