Rossiyalik harbiylarning Venesuelaga yuborilgani tasdiqlandi
Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi (PSUV) vitse-prezidenti Diosdado Kabeloning tasdiqlashicha, Karakasga ichida harbiylar bo‘lgan Rossiya samolyotlari haqiqatdan ham kelib qo‘ngan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kabeloning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiylar bo‘yicha tashabbus Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan. U harbiylarning tashrifidan ko‘zlangan maqsadga aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin, Venesuelaga Rossiyadan bortida yuzga yaqin harbiy bo‘lgan ikki samolyot kelib qo‘ngani haqida xabarlar tarqalgandi.
El Comercio nashri xabariga ko‘ra, 23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk bo‘lgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan.
Nashrning ta'kidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo venesuelaliklarni tayyor turishga chaqirgandi.
«Ozodlik» amaliyotini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uzurpatsiyani yakuniy tugatish uchun rasmiylarga maksimal bosim o‘tkazish vaqti keldi. Kurashimizning bu bosqichida har bir narsaning o‘z o‘rni bor», - deya ma'lum qildi u.
Mavzuga oid
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
21:00 / 07.10.2024