Jahon | 17:55 / 28.03.2019
15536
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina elektromagnit qurol ishlab chiqarganini ma'lum qildi
Ukrainada dushman radioelektron uskunalarini ishdan chiqaruvchi elektromagnit qurol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Spetstexnoeksport" kompaniyasi xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, yangi qurol dushmanning strategik muhim obektlari, xususan, qo‘mondonlik va ma'muriy markazlar, aloqa tarmoqlari, elektrostansiyalar, havo hujumidan mudofaa obektlariga qarshi qo‘llanilishi mumkin.
"Bunday turdagi qurollar faqatgina elektromagnit nurlanish quvvatidan foydalanadi, shu bois u odamlarga salbiy ta'sir qilmaydi, ammo elektron tizim bilan jihozlangan har qanday texnika yoki infrastruktura obektini ishdan chiqarishi mumkin", - deyiladi xabarda.