Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning uchta kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga kirdi
Foto: REUTERS/Yoruk Isik
Niderlandiya, Ispaniya va Kanada harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalar Bosfor bo‘g‘ozi orqali Qora dengizga kirib keldi. Ular NATO mashqlari hamda Gruziya va Ukraina bilan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Bu haqda Bosphorus Observer sayti xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Qora dengiz akvatoriyasiga Niderlandiyaning HNLMS Eversen, Ispaniyaning Santa Maria va Kanadaning HMCS Toronto fregatlari kirib kelgan. Ularga Turkiya sohil qo‘riqlash xizmati katerlari hamrohlik qilgan.
NATO'ya bağlı 3 savaş gemisi İstanbul Boğazından peş peşe geçiş yaptı. Boğaz geçişini tamamlayan gemiler Karadeniz'e açıldı. Gemilerin geçişine sahil güvenlik botları da eşlik etti. pic.twitter.com/gujkqnSquf
— Demirören Haber Ajansı (@dhainternet) March 28, 2019
Qayd etilishicha, fregatlar NATOning har yili o‘tkaziladigan Sea Shield mashqlarida ishtirok etadi.
2018 yilda bu mashqlar 7-13 may kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda Buyuk Britaniya, AQSh, Gretsiya, Ispaniya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiya ishtirok etgan.
Mavzuga oid
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
22:18 / 15.01.2026
Grenlandiyaga yevropalik harbiylar kela boshladi
22:42 / 14.01.2026