Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Belarus yirik farmatsevtika maydonini yaratishga kelishildi
Foto: Belarusdagi O‘zbekiston elchixonasi
O‘zbekiston va Belarus sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida yirik farmatsevtika maydonini yaratishga doir kelishuvga erishildi. Bu maydonda ikki mamlakat vakillari hamkorlikda dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaradi. Kun.uz muxbiri O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasidan olingan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Belarusga tashrifi davomida farmatsevtika sohasida hamkorlik qilishga oid masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Muhokamalar doirasida Belarus tomondan 15 dan ortiq davlat va xususiy farmatsevtika kompaniyalari qatnashdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston tomon o‘zining farmatsevtika sohasidagi salohiyatiga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi. Ilgari kelishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi - antibiotiklar (“Belfarm”), antiseptik vositalar (“Belaseptika”), va virusga qarshi preparatlar (“Belalek grupp”) va boshqalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir.
Muhokamalar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Belarus yirik farmatsevtika ishlab chiqarish maydonini yaratishga doir kelishuvga erishildi. Ushbu maydonda hamkorlikda dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
11:48 / 16.04.2026