Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko «Yevropa taqdiri» uchun muhim bo‘lgan xonani ko‘rsatdi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali jurnalistlariga davlat rahbarining maxsus xonasini ko‘rsatdi. Unda, uning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropaning taqdiri» hal qilingan. Bu haqda RIA «Novosti» prezident saytiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ushbu yopiq xonada prezident Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni sifatida ishlaydi va eng muhim mudofaa qarorlarini qabul qiladi.
«Aynan shu xonada Yevropa taqdiri, Ukrainaning Yevropadagi taqdiri va Yevropa integratsiyasi taqdiri ko‘p masalalar bo‘yicha hal qilingan», - dedi Poroshenko.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, shu xonada Donbassda qarshi hujumga o‘tishni boshlash haqida qaror qabul qilingan.
Bundan oldin, Poroshenko Putin bilan muzokaralar uchun shartni aytgandi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026