Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putin bilan muzokaralar uchun shartni aytdi
Foto: SERGEI BONDARENKO / AFP/GETTY IMAGES
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralarni istisno etmayapti, ammo «murakkab masalalar» xalqaro hamkorlar ishtirokida hal etilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Ukraina rahbari 27 mart, chorshanba kuni ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
«Ikki tomonlama muzokaralar yuz berishi mumkinmi? Albatta, biz suveren mustaqil davlatmiz», - dedi Poroshenko.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev pozitsiyasi «Ukrainaga yaqin koalitsiya bo‘yicha dunyodagi hamkorlar» qo‘llab-quvvatlovisiz aniq kuchsiz bo‘ladi.
Bundan oldin, Poroshenko saylovlardagi asosiy raqibini ma'lum qilgandi.
«Mening raqibim kim? Men buni yashirmayman va ochiq aytaman, sababi qolganlar buni qilishdan qo‘rqishadi. Bu - Putin», - deya ma'lum qildi Poroshenko.
Shuningdek, Poroshenkoning bildirishicha, Rossiya bilan siyosiy muloqotni amalga oshirish ham mumkin.
Uning aniqlik kiritishicha, bunga faqat Qrimning «Rossiya deokkupatsiyasi» va Donbassdagi urush tugasa, shuningdek, Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilar ozod etilsa, erishish mumkin.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
09:09 / 22.04.2026