Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashi mumkin
Foto: Yonhap
O‘zbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash masalasini o‘rganib chiqish niyatida.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari Xong Nam-ki o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.
O‘tgan hafta Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya bosh vazirlari o‘rinbosarlarining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya ta'kidlaydi Yonhap agentligi.
Xong Nam-kining uchrashuv davomida qayd etishicha, mamlakatlar erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish imkoniyatini o‘rganib chiqishi kerak.
Uning bildirishicha, Janubiy Koreya O‘zbekistonga iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishga, jumladan, Janubiy Koreya Hukumati «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi orqali yordam berishga tayyor.
O‘zbekiston tomonining ta'kidlashicha, O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan Janubiy Koreya kompaniyalariga ko‘mak ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
08:00 / 20.02.2026
Xitoyning 2025 yilgi savdo xaritasi: AQSh yetakchi, Osiyo tezlashmoqda
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026