Jahon | 11:25 / 02.04.2019
11688
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh, Ispaniya va Ruminiya Rossiyaning Qora dengizdagi harakatlarini muhokama qildi

Foto: RIA Novosti

Davlat departamenti vakili o‘rinbosari Robert Palladinoning ma'lum qilishicha, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ruminiya va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari Teodor Meleshkanu hamda Josep Borrel bilan Rossiyaning Qora dengizdagi harakatlarini muhokama qildi. Palladinoning bayonoti Davlat departamenti saytida joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, uch tomonlama uchrashuv Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.

Palladinoning bildirishicha, tomonlar «NATOning sodiq tarafdori» Ruminiya bilan hamkorlikni muhokama qilgan. Ular mamlakatning sharqiy chegarasida alyans tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan «muammolar» borligini ta'kidlashdi.

Shuningdek, tashqi siyosat idoralari rahbarlari «Rossiya tajovuzi» kuzatilayotgan Qora dengiz mintaqasida barqarorlikni ta'minlashda Ruminiyaning o‘rni bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

Bundan oldin, NATO Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha Gruziya bilan hamkorlikni faollashtirishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid