Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo hokimi viloyat aholisi bilan xayrlashdi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov mahalliy aholi bilan xayrlashdi.
U mahalliy aholiga qo‘llab-quvvatlov va yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Qadrli surxondaryoliklar! Xalqi mard va tanti, tuprog‘i zar bu vohadagi faoliyatim davomida men bilan yelkama-yelka turib, birga ishlagan, qo‘llab-quvvatlagan Siz azizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Surxondaryo yanada gullab yashnayversin!» - dedi u.
Rasmiy bayonot Surxondaryo viloyat hokimligining Telegram-kanalida e'lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 aprel kuni, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Baxtiyarovich Po‘latov lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatida yig‘ilish o‘tkazgan va ushbu yig‘ilish yakuniga ko‘ra B.Po‘latov ishdan olingan.
Ma'lum qilinishicha, viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Mavzuga oid
08:22 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
11:52 / 03.03.2026
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026