Jahon | 08:05 / 05.04.2019
16410
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh, Rossiya va Xitoyning mudofaaga xarajatlarini baholadi

Foto: REUTERS

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma'lum qilishicha, AQSh, Rossiya va Xitoyning mudofaaga xarajatlari juda ham yuqori darajadadir. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘larni «boshqa ehtiyojlar»ga ham sarflash mumkin.

Shuningdek, uning qayd etishicha, barcha uch mamlakat bir joyda to‘planib, «bu sarf-xarajatlarni to‘xtatishi» kerak.

Bundan oldin, Pentagon raketalar bo‘yicha yangi tizim ishlab chiqilayotganini e'lon qilgandi.

Pentagon rahbarining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jon Rud AQSh kongressi vakillar palatasi qo‘mitasidagi eshituvlarda Qo‘shma Shtatlarda uch yil davomida gipertovushli raketalar uchirilganidan ogohlantiruvchi tizim ishlab chiqilishi haqida ma'lum qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid