Pentagon rahbarining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Jon Rud AQŞ kongressi vakillar palatasi qömitasidagi eşituvlarda Qöşma Ştatlarda uç yil davomida gipertovuşli raketalar uçirilganidan ogohlantiruvçi tizim işlab çiqilişi haqida ma'lum qildi. Uning nutqi qurolli kuçlar işlari böyiça qömita saytida joylaştirildi.
Uning sözlariga köra, gipertovuşli raketalar uçirilişini aniqlaş tizimi Yer yaqinidagi orbitada joylaşgan «arzon» sensorlardan iborat böladi. Uning umid bildirişiça, ularni uç yildan keyin joylaştiriş boşlanadi.
Şuningdek, Rudning qayd etişiça, raketalardan mudofaa AQŞ mudofaa strategiyasining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Uning bildirişiça, amerikalik harbiylar sönggi vaqtda Alyaskada qöşimça 20ta raketalardan mudofaa qurilmalarini örnatişdi.
Bundan oldin, AQŞ Xitoy hujumiga javoban Rossiyaga zarba berilişi mumkinligini istisno etmagandi.












