Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksikaga ultimatum qo‘ydi
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksikaga narkotrafikka qarshi kurashga bir yil vaqt berishini aytdi.
Tramp giyohvand moddalar oqimi to‘xtamasa yoki kamaymasa, Vashington Meksikada ishlab chiqarilgan tovarlar, ayniqsa avtomobillarga boj to‘lovlari kiritish bilan tahdid qilgan.
“Agar narkotrafik to‘xtatilmasa, chegarani yopamiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
AQSh prezidentining ta'kidlashicha, Meksika vaziyatni o‘zgartira oladi. Uning fikricha, bojlar kiritilishi sababli jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlarga uchrash xavfi Meksika hukumatiga ta'sir qiladi.
Tramp Meksika noqonuniy muhojirlarga qarshi muammolarni hal qilishga kirishmasa ham yuqoridagi kabi choralarni qo‘llashga va'da bergan.
Mavzuga oid
13:42
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026