Jahon | 18:15 / 06.04.2019
10637
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada F-16 qiruvchi samolyoti o‘zi otgan o‘qdan shikastlandi

Foto: U.S. Air Force photo by Staff Sgt. Jonathan Snyder

Niderlandiya harbiy-havo kuchlariga qarashli F-16 qiruvchi samolyoti Leuvarden aviabazasidagi mashg‘ulotlar chog‘ida jiddiy shikastlandi.

Nederlandse Omroep Stichting nashrining xabariga ko‘ra, ikkita F-16 qiruvchi samolyoti to‘pdan o‘q uzgan va ulardan biri o‘zi otgan o‘qdan shikastlangan — samolyot korpusiga zarar yetgan, o‘q parchalari esa dvigatelga tushgan.

Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Uchuvchi shikastlangan samolyotni Vliors harbiy poligoniga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozirda ichki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid