O‘zbekiston | 13:48 / 06.04.2019
4403
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 8 aprel kuni Pekin shahrida Afg‘oniston masalasidagi navbatdagi O‘zbekiston – Xitoy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

Bildirilishicha, unda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Den Siszyun ishtirok etadi.

Bundan oldin, toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi afg‘on uyezdiga hujum qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid