Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Turkmaniston bilan chegaradagi afg‘on uyezdiga hujum qildi
Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston shimoliy tumanida 3 aprel kuni «Tolibon» harakatining 500 nafar jangarisi hujum qilganidan so‘ng, kamida 50 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi davom etayotgan janglar tufayli o‘ldirildi yoki yaralandi. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Toliblar Bola-Murg‘ob tumanidagi bir nechta nazorat-o‘tkazish punktini egallab olishdi, deya xabar berdi G‘arbiy Badgis viloyati kengashi rahbari Abdul Azizbek. U halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi. Toliblar vakili Zabixullo Mo‘jahidning bayonotda ma'lum qilishicha, o‘nlab afg‘on askarlari o‘ldirilgan va yaralangan.
Jangovar harakatlar uyezd ma'muriy markazida kuzatilmoqda, politsiya shtabi hamda Afg‘on milliy armiyasi mahalliy bazasi egallab olinishi mumkin. Shuningdek, jangarilar nazorat punktlariga hujumni davom ettirmoqda, ulardan bir nechtasi isyonchilar tomonidan qo‘lga kiritildi, deya xabar beradi Tolonews afg‘on telekanali.
«Tolibon» o‘zining odatiy bahorgi hujumi doirasida hujumlar yangi to‘lqinini boshladi. Bu harakat rahbariyati AQSh bilan 18 yillik mojaroga yakun yasash maqsadida tinch muzokaralarni davom ettirayotganiga qaramay kuzatilmoqda, deya qayd etadi Bloomberg.
Bundan oldin, toliblar Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradagi okrugni egallab olishgandi.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026